Benzilor tez og'riq qoldiruvchi va antiseptik ta'sirga ega. Benzilor - Ispaniyada ishlab chiqarilgan preparat
РУ DV/X 09793/04/22
Xlorgeksedin 5 mg, Benzokain 5mg
Ispaniyada ishlab chiqarilgan
tez
yordam
Og’iz bo’shlig’i va tomoqning yuqumli kasalliklarini simptomlarini yengillashtiradi.
Og’iz bo’shlig’idagi yaralar sababli og’riq va yallig’lanishni yengillashtiradi
Kattaraga va 6 yoshdan katta bolalarga tafsiya etiladi
Og’riq qoldiruvchi va antiseptik ta’sir
Tomoqdagi yallig'lanish va og’riqni yengillashtiradi.
Tomoq og'rig'i
Kuchli tomoq og’rig’i har doim bezovtalikka sabab bo'ladi. U halqum, murtaklar yallig’langanligini bildiradi . Bemor va shifokor tomonidan e’tiborni talab qiladi. Keng tarqalgan simptom - yutish paytida tomoqda og’riq bo’lishi ko’pchiligimizga tanish holat. Ko’pincha, bunday simptomlar shamollash paytida bizga hamroh bo’ladi, ammo ular boshqa kasalliklar bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Kam hollarda yutish paytida tomoqda kuchli og’riq bo’lishi: allergik reaktsiyalar, qalqonsimon bez kasalliklari, hiqildoq va halqum saratoni belgilari bo’lishi mumkin.
Ko'pincha tomoq og’rig’i burun-halqum va hiqildoqning quyidagi yallig’lanish kasalliklarini keltirib chiqaradigan virusli, bakterial yoki zamburug’li infektsiyalarning simptomi hisoblanadi:
Tomoq og’rig’ining asosiy sabablari - yuqumli yoki yuqumli bo’lmagan omillar keltirib chiqargan yallig’lanish, ta’sirlanish va shish. Og'riqdan tashqari, yoqimsiz hislarni qo'zg'atadigan omilni aniqlashga yordam beradigan boshqa simptomlar ham bo'lishi mumkin. Tomoq og’rig’i bilan kechadigan asosiy yuqumli kasalliklar ko’pincha quyidagilar hisoblanadi:
Faringit
Faringit - halqumning shilliq qavati va limfoid to'qimalarini zararlovchi o’tkir yoki surunkali yalli’lanish jarayoni.
Laringit
Laringit - hiqildoq shilliq qavatining yallig'lanish kasalligi. Ovoz boylamlarini zararlab, ovozning xirillashiga yoki vaqtincha yo'qolishiga olib keladi.
Tonzillit / Angina
Tonzillit - bu yuqumli kasallik bo’lib, unda tanglay murtaklari yallig'lanadi. Yallig’lanish jarayonida ularda juda ko'p miqdorda bakteriyalar to'planadi.
FARINGIT
LARINGIT
ANGINA
O’RK
Tomoq og'rig'ini qanday davolash kerak*
Yutish paytidagi tomoq og'rig'ini davolashga yondashuvlar, bu simptomni keltirib chiqargan kasallikdan qat'iy nazar, o'xshash va infektsiyani bartaraf etishga va simptomlarni yengillashtirishga qaratilgan bo’ladi. Yutish paytida tomoqda og'riq bo'lsa, quyidagilar tavsiya etiladi:
issiq, juda sovuq, achchiq ovqatlarni iste’mol qilmaslik - bunday ovqatlar tomoqni ta’sirlantiradi
ovoz paychalarini zo'riqtirmaslik uchun imkon darajasida gapirmaslik
bemor yotgan xonadagi havoni yaxshi shamollatish va namlash
ko'proq suyuqlik ichish
harorat 38°C dan oshganda, isitmani tushiruvchi preparatlarni qabul qilish
chekishni tashlash
kasallikka sabab bo'lgan infektsiya turiga qarab, shifokor antibiotiklarni (penitsillinlar, makrolidlar yoki sefalosporinlar) yoki virusga qarshi preparatlarni buyuradi
mahalliy davo tomoqning achishishi va shishishini bartaraf etishga qaratilgan. So’riladigan tabletkalar tavsiya etiladi - ular yallig'lanishni yengillashtiradi va og’riq qoldiruvchi ta'sirga ega
!
*tomoq og’rig’i uchun shifokorlarning tavsiyalari
Tomoq og'rig'iga yo'q deng!
Benzilor - bu tomoqdagi noqulaylik va og'riqdan tezda xalos bo'lish uchun eng yaxshi vositadir. Benzilor kuchli yallig'lanishga qarshi va og’riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega bo'lgan xlorgeksedin va benzokain faol moddalar kombinatsiysidan iboratdir. Benzilor tomoqdagi og’riq, achishish va yallig’lanishni tezda bartaraf etadi va darhol yengillashishni ta'minlaydi.
Benzilor yoqimli apelsin ta'miga ega. Benzilorning antiseptik ta’siri gram-musbat bakteriyalarga nisbatan alohida faollikka va nisbatan keng antibakterial (bakteriostatik) spektrga ega xlorgeksedin saqlashiga bog’liq. Benzilorning og’riq qoldiruvchi ta'siri benzokain tomonidan ta'minlanadi. Benzokain - bu nerv impulslarining paydo bo'lishi va o’tkazilishini bloklash orqali ta’sir qiladi, murakkab efir tipidagi mahalliy og’riqsizlantiruvchi vosita.
QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR MAVJUD. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING YOKI MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Benzilor - kuchli yallig'lanishga qarshi va og'riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega xlorgeksidin va benzokainning samarali kombinatsiyasi. Benzilorning faol komponentlari xlorgeksidinning og’iz-halqum shilliq qavatiga antiseptik ta'sirini va benzokainning mahalliy anestetik ta'sirini to'ldirish orqali ta’sir qiladi va shu sababli tomoqning mahalliy achishishi natijasida yuzaga keladigan odatiy noqulaylikni yo’qotadi. Xlorgeksidin nisbatan keng antibakterial (bakteriostatik) spektrga, ayniqsa, gram-musbat bakteriyalarga qarshi alohida faollikka ega. Benzokain mahalliy og'riqsizlantiruvchi vositadir.
Dozalash va qo’llash usuli
Yosh
Katta yoshlilar va 12 yoshdan katta 6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar
Qo’llanilishi
1 tabletkadan har 2-3 soatda 1 tabletkadan har 4-5 soatda
Maksimal doza
bir kunda 8 ta tabletka bir kunda 6 ta tabletka
!
Preparatni 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lganlarda preparat kattalar nazorati ostida qo'llanilsin. Qo'llash usuli: Tabletka og'izda asta-sekin so’rilishi kerak. Tabletkalarni chaynash yoki yutib yuborish mumkin emas. Tabletkalarni so’rgandan so’ng, darhol ovqat va ichimliklar iste’mol qilmaslik kerak.
QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR MAVJUD. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING YOKI MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING